Dehqonobodda 33 yil deganda ilk bor egizaklar dunyoga keldi
Jamiyat
−
06 noyabr 2020
6617Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida uch nafar egizak qizaloq dunyoga keldi. Bu holat tumanda so‘nggi bor 33 yil avval qayd etilgan edi. Chaqaloqlar kecha, 5 noyabr kuni tug‘ilgan. Bu haqda Dehqonobod tuman hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
“Olti nafar farzandimiz bor. Ularning besh nafari qiz va bir nafari o‘g‘il bo‘lgani uchun, yana o‘g‘il farzand dunyoga keltiraman deb niyat qilgandim. Shukurki, Yaratgan egizak farzandlar bilan siyladi”, deydi egizaklarning onasi Lola Boymurodova.
Ma’lum qilinishicha, endilikda Lola Boymurodova hamda Abduvohid Aliboyevlar xonadonida farzandlar soni to‘qqiz nafarga yetgan.
Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Farmon Jalilovning ta’kidlashicha, Dehqonobodda egizak farzandlarning tug‘ilishi bundan 33 yil ilgari — 1987 yil qayd etilgan.
Egizak qizaloqlar va ularning onasiga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qayd etilishicha, 1,8 kg, 1,6 kg va 1 kg vaznda tug‘ilgan chaqaloqlarga Fotima, Zuhra va Shukrona ismlari berilishi niyat qilingan.
LiveBarchasi