DBQ tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ogohlantirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ogohlantirish bilan chiqdi. Ogohlantirish, xususan, Qozog‘iston bilan aloqa qiluvchilarga oid.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi tomonidan ma’lum qilinishicha, 2019 yilning 16 iyulidan boshlab,  Qozog‘istonning “B.Konыsbayeva” chegara-o‘tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va avtotashuvchilar tovar va transport vositalarini olib o‘tishda o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning “B.Konыsbayeva” chegara-o‘tkazish punkti Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama” chegara-o‘tkazish punktiga tutash hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona Qozog'iston

Baholaganlar

21

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing