Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Yevromaydonni “yondirayotgan” o‘zbeklar

Tahlil

Ortda qolayotgan hafta o‘zbek sporti uchun juda muhim voqealarga boy bo‘ldi. Abduqodir Husanov tom ma’noda “Manchester Siti”ning asosiy figuralaridan biriga aylanib borayotganini isbotlab qo‘ydi, professional bokschi Isroil Madrimov WBC kamari uchun jang qildi, Toshkentda Diyora Keldiyorova nomidagi sport klubi ish boshladi, UFC chempioni Islom Maxachev O‘zbekistonga keldi. O‘zbekiston futbol bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo kubogi mezbonligi uchun da’vogarlar safiga qo‘shildi.

Shu va boshqa muhim sport mavzulari yuzasidan bugun QALAMPIR.UZ’ning sport dayjestida so‘z ochamiz. 

O‘zbekiston Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasiga nomzodlik taklifini yubordi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Osiyo qit’asining eng nufuzli futbol turniri hisoblangan Osiy kubogi mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshladi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar, xalqaro maydondagi nufuzidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda, o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surdi. 

Ayni damga kelib, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirilgan. Shu vaqtga qadar O‘zbekiston Osiyoning U-20, U-23 turnirlarini va Futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan.

Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini mukofotladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 fevral kuni Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerga davlatimizning yuksak mukofoti – "Do‘stlik" ordenini topshirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Prezidenti milliy dzyudo maktabini rivojlantirishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerga davlatimizning yuksak mukofoti – "Do‘stlik" ordenini topshirgan.

Qayd etish joiz, Marius Vizer nufuzli "Katta dubulg‘a" xalqaro turniri doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi bilan O‘zbekistonda dzyudo maktabini rivojlantirish va ushbu yakkakurash turini ommalashtirish borasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

“Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston xalqaro federatsiya faoliyatida faol ishtirok etmoqda. 2022 yilda mamlakatimizda kattalar o‘rtasida jahon chempionati, o‘tgan yili harbiy xizmatchilar o‘rtasida jahon birinchiligi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida ilk bor dzyudo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi”, deyiladi xabarda.

Federatsiya rahbari Marius Vizer O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va sportning barcha turlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar, ayniqsa, qizlarni keng jalb etish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholagan.

Uchrashuvda sportchilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlashda federatsiyaning texnik ko‘magi va ekspert yordamini kengaytirish, iqtidorlarni saralashning samarali mexanizmini joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hududlarida dzyudo bo‘yicha xalqaro musobaqalarni muntazam o‘tkazib borish taklifi bildirilgan.

Shomurodov “Roma”da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

“Roma” klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov Rim jamoasida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. 

28 fevralga qadar bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonlarida Shomurodov 48 foiz ovoz to‘plab, sheriklarini sezilarli farq bilan ortda qoldirdi. Shomurodovdan tashqari oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga Dibala, Chelik, Anxelino va Soul kabi futbolchilar da’vogarlik qildi.

Fevral oyida 29 yoshli hujumchi “bo‘rilar” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shomurodovning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozida nihoyasiga yetadi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasidan bebahra qoldi 

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi chorak final bahsida Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasiga ko‘ra 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldi. 

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak final bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi va turnirdagi ishtirokini yakunladi. Asosiy vaqt 3:3 hisobida tugagan edi. 
Shu tariqa, Farhod Nishonov shogirdlari Osiyo kubogidagi yurishini chorak finalda yakunlaydigan bo‘ldi.

Isroil Madrimov profboksdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

23 fevralga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida “Riyadh Season” tomonidan navbatdagi profboks kechasi tashkil etildi. Musobaqa doirasida o‘zbekistonlik Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchradi.
To‘liq 12 raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra Ortisning g‘alabasi qayd etildi va u yarim o‘rta vazn toifasida vaqtinchalik WBC kamarini o‘zida saqlab qoldi.

Shunday qilib, 26 yoshli Ortis profboksdagi 23-g‘alabasini tantana qilgan bo‘lsa, 30 yoshli Madrimov profboksdai 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. 

Kechaning markaziy jangida ikki rossiyalik professional bokschi Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol birinchi og‘ir vazn toifada mutlaq jahon chempionligi uchun jang qiladi.

Nursulton Ro‘ziboyevning jangi muddatidan avval yakunlandi

23 fevral tongida AQSHning Sietl shahrida UFC Fight Night turniri bo‘lib o‘tdi va musobaqa doirasida o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev ham oktagonga ko‘tarilib, g‘alabaga erishdi.

Amerikalik Erik Makkoniko bilan jang qilgan O‘zbekiston vakili 2-raundda raqibiga tinimsiz zarbalar bergach, Makkoniko o‘zini himoyalolmay qoldi va hakam jangni to‘xtatdi.

“Murabbiylarim bilan masofada jang qilishni rejalashtirgandik. 77 va 84 kg da jang qilishga tayyorman”, deydi Ro‘ziboyev.

Shunday qilib, 31 yoshli Ro‘ziboyev UFC'dagi 4-jangida 3-g‘alabasini qayd etdi. Makkoniko esa tashkilotdagi debyutidayoq mag‘lubiyatga uchradi.


Maqola muallifi

Teglar

sport dayjesti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing