Davron Fayziyev O‘FA matbuot va media departamentiga rahbar bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 9 iyul kuni O‘FA matbuot va media departamentiga yangi direktor tayinlandi. Endilikda taniqli sharxlovchi, o‘zbek jurnalistikasida o‘z o‘rniga ega, xususan, sport jurnalistikasida nom qozongan Davron Fayziyev O‘FA matbuot va media departamentiga rahbarlik qiladi.

Ma’lum qilinishicha, bu tayinlov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV bilan ishini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, matbuot va media departamenti ish faoliyatini yaxshilash, terma jamoalar va o‘zbek futboliga oid yangilik va xabarlarning tezkorlik bilan xolis tarzda yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.

“O‘zbek futbolini rivojlantirish yo‘lida O‘FAning har bir departamentida o‘z ishining professionallari faoliyat olib borishi talab etiladi. Shu boisdan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV va muxlislar bilan o‘zaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqilishi, turli yoshdagi terma jamoalarimizning faoliyati to‘liq xamda keng yoritilishini ta’minlashda ushbu sohaning yetuk mutaxassislaridan biri sanaluvchi Davron Fayziyevga ishonch bildiramiz”, deya ta’kidladi O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Davron Fayziev

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing