“Davrimizning Avloniysi” vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi, “Buyuk xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi, “Qorako‘l maktabi” asoschisi To‘xtamurod Jumayev vafot etdi.

To‘xtamurod Jumayev 1945 yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. 1967 yilda Buxoro pedagogika institutini tugatgan. 1963 yildan Olot tumanidagi 3-maktab, keyinroq Qorako‘l tumanidagi 8-maktabda matematika fani o‘qituvchisi, maktab direktori o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Ko‘p yillar davomida matematika o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yuritgan To‘xtamurod Jumayev 1990-2015 yillarda Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab-internati direktori vazifasida ishlagan.

Xalq o‘qituvchisi Jumayev tashkil qilgan Qorako‘l maktabida o‘ziga xos ta’lim olish tizimi joriy qilingan. Natijada maktab o‘quvchilarining 90 foizi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan.

Bundan tashqari, ushbu maktab o‘quvchilari matematika fanidan Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, ko‘plab medallarni qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil sentyabrida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida To‘xtamurod Jumayevning xizmatlarini quyidagicha e’tirof etgandi:

“To‘xtamurod domla ham, jadid bobolarimiz kabi, tinimsiz va fidokorona mehnat qilib, hozirgi davrning yangi usul maktabini yaratishga erishdi. Mana, bugungi kunimizning haqiqiy ma’rifatparvari, davrimizning Avloniysi, Behbudiy domlasi, Munavvarqorisi!”.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Olot taziya

Baholaganlar

402

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing