Davlatimiz qashshoqlashib qolmaydi. Yangi portal uchun qariyb yarim milliard so‘m ajratildi

Madaniyat-san’at

image

Madaniyat vazirligi dastlab 10 ta madaniyat va san’at sohasi vakillari haqida ma’lumot joylanishi rejalashtirilayotgan yangi portal uchun qariyb yarim milliard so‘m ajratyapti. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning joriy yil 15 sentyabrdagi buyrug‘ida keltirilgan.  

Unga ko‘ra, davlat mukofoti bilan taqdirlangan san’at va madaniyat vakillari haqida ma’lumotlar Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi, Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish bo‘limi, San’atni rivojlantirish boshqarmasi, Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘limi, "O‘zbekkonsert", "O‘zbekiston davlat filarmoniyasi", "O‘zbekteatr", "Madaniyat ta’limi markazi" davlat muassasalari tomonidan taqdim etiladi va ushbu portalga joylab boriladi. Joriy yilning yakuniga qadar, portal ishlab chiqilishi va ishchi guruh tashkil etilishi belgilangan. 

Unga ko‘ra, ushbu portalni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun xarajatlar smetasi umumiy hisobda qo‘shimcha qiymat solig‘isiz 488 million so‘mni tashkil etadi.  

Hujjatda portalni ishlab chiqish uchun mablag‘lar Madaniyat vazirligiga 2023 yil uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanishi qayd etilgan. Ushbu summalarning maqsadli sarflanishini nazorat qilish esa Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limiga topshirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning noyabr oyida Madaniyat vazirligi xarid qilgan ikkita avtotransport vositasining qiymati 15,5 milliard so‘m, deb baholangandi. Holat ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘lishi ortidan vazirlik rasmiy munosabat bildirgan va xaridning qo‘shimcha tafsilotlarini oshkor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Madaniyat vazirlik Ozodbek Nazarbekov san'at milliard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing