Davlat o‘rnatgan qonun-qoidalar sabab majburiy mehnat qurbonlari ortayotgani aytildi

Olam

image

Dunyo bo‘ylab 50 millionga yaqin odam qullik holatida, ular majburiy mehnat (27,6 million kishi) va majburiy nikoh (22 million kishi) kabi ekspluatatsiya shakllariga duchor bo‘lmoqda va 2016 yildan buyon bu raqam 9,3 millionga ko‘paygan. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Xalqaro migratsiya tashkilotining (XMT) bugun, 12 sentyabr kuni Jenevada chop etilgan “Zamonaviy qullikning global baholari” hisobotida aytiladi.

Qayd etilishicha, 27,6 million kishi har kuni majburiy mehnatga tortiladi. Bu raqam 11,8 million ayol va 3,3 million bolani o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, muhojirlar boshqa ishchilarga qaraganda uch barobar ko‘proq ekspluatatsiya va zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. 2016-2021 yillar mobaynida majburiy mehnatga jalb qilinganlar soni 2,7 million kishiga oshgan. 

“Dunyoning hech bir mintaqasi majburiy mehnatdan xoli emas”, deb ta’kidlagan XMT. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Osiyo mintaqasi hamon majburiy mehnat urchigan hudud sifatida qolmoqda. Mintaqada 15,1 million kishi majburiy mehnat qurboniga aylangan. 

Keyingi o‘rinlarda esa Yevropa va Markaziy Osiyo (4,1 million) va Afrika (3,8 million).  

86% holatda gap xususiy sektordagi majburiy mehnat haqida boradi, ammo 3,9 million kishi davlatlar tomonidan o‘rnatilgan qonun-qoidalarga muvofiq bunday ekspluatatsiyaga duchor bo‘ladi. 

Majburiy mehnatning eng keng tarqalgan usuli, qul holatidagi odamlarning 36 foizi ish haqini tizimli va ataylab ushlab qolishdir. Bunday holatda, xodimlar to‘plangan daromadlarini yo‘qotishdan qo‘rqib, ish beruvchi bilan qolishga majbur bo‘lishadi.

Majburlashning eng keng tarqalgan shakllari (xodimlarning 20%) orasida ikkinchi o‘rinni ish beruvchilar tomonidan ishdan bo‘shatish tahdidi egallaydi. Qamoqqa olish, jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik kabi shafqatsiz usullar kamroq uchraydi, lekin hech qanday holatda e’tiborga olinmaydi. 

Hisobotga ko‘ra, taxminan 6,3 million kishi tijorat maqsadida jinsiy ekspluatatsiyaga uchragan.

Majburiy nikohga kelsak, ekspertlarning ta’kidlashicha, 2021 yilda 22 million kishi zamonaviy qullikning ushbu shakliga duchor bo‘lgan, bu 2016 yilga nisbatan 6,6 million kishiga ko‘p. Har uch holatdan ikkitasi ayollar bilan bog‘liq. Majburiy nikohlarning aksariyati Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (14,2 million kishi) sodir bo‘ladi. Undan keyin Afrika (3,2 million), Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi (2,3 million) turadi. Bunday nikohlarning 26 foizi yuqori daromadli davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro migratsiya tashkiloti davlatlarga majburiy mehnat va odam savdosiga, shu jumladan, migrantlarga nisbatan kurashni kuchaytirish, mehnat qonunchiligi va tekshiruvlarni takomillashtirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, xususan, nikoh yoshini 18 yoshgacha oshirishni tavsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing