Davlat tashkilotlarining 16,4 mlrd so‘mlik noqonuniy xaridlari aniqlandi
3-sahifa
−
13 may 1746 2 daqiqa
O‘zbekistonda turli davlat tashkilotlari tomonidan jami 16,4 mlrd so‘mlik 9 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Ushbu davlat byudjetidan “pulni silliq” olishga uringan tashkilotlar orasida ilm markazi ham, tibbiyot klinikasi ham va xatto madaniyat maktabi ham bor. Ma’lum qilingan “qora” harid summalarining cho‘ntak egalari esa hali ochiqlanmagan.
Agentlikka ko‘ra, “Andijanpetro” MCHJ buyurtmachiligida 9,4 mlrd so‘mlik va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”AJ buyurtmachiligida 654,2 mln so‘mlik davlat xaridlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning qator talablarga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan.
Shuningdek:
- Fan Olimpiadalari markazi buyurtmachiligidagi 2,1 mlrd so‘mlik;
- “Bekobod ovqatlantirish kombinati” MCHJ buyurtmachiligidagi 1,6 mlrd so‘mlik;
- Xorazm ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati buyurtmachiligidagi 1,1 mlrd so‘mlik;
- Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi buyurtmachiligidagi 396,5 mln so‘mlik;
- Buxoro davlat pedagogika instituti akademik litseyi buyurtmachiligida 308,59 mln so‘mlik;
- “O‘ztransgaz” AJ buyurtmachiligida 221,1 mln so‘mlik;
Izboskan tuman 15-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati buyurtmachiligida o‘tkazilgan 100 mln so‘mlik davlat xaridlarida sohaga oid qonunchilik talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishiga hamda ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklash holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan yuborilgan agentlikning taqdimnomalari bilan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilingani va o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimidagi tenderlarda 21 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlanib, ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgani haqida xabar berilgan edi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi