Davlat radiosi Kim Chen Inning vafotini sirli ravishda rad etmoqda
Olam
−
26 aprel 2020
21537Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning salomatligi bilan bog‘liq masala oxirgi soatlar dolzarbligicha qolmoqda. Biroz avval, Gonkongda joylashgan HKSTV sun’iy yo‘ldosh radioeshittirish kompaniyasi vitse-prezidenti Kim Chen Inning vafoti haqida xabar qilgan edi. KXDR davlat radiosi esa mamlakat fuqarolariga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘limi haqidagi mish-mishlarga qaramay uning faoliyatini davom ettirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Renxap" axborot agentligi yozmoqda.
Agentlikning xabar berishicha, 25 aprel kuni ertalab davlat radiosida "O‘rtoq Kim Chen In Samchjiyon shahrini barpo etishda yordam bergan ishchilar minnatdorchilik bildirdi" degan xabar o‘qib eshitirilgan. Ammo Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalarida Prezident minnatdorchiligi qay tartibda bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
Shundan so‘ng, KXDR ommaviy axborot vositalarida Kim Chen Inning faoliyati haqida boshqa xabar berilmagan.
Avvalroq, Gonkongda joylashgan HKSTV sun’iy yo‘ldosh radioeshittirish kompaniyasi vitse-prezidenti Sin Fen o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Kim Chen Inning vafoti haqida xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumot KXDRdagi "ishonchli" manba tomonidan tasdiqlangan.
Koreya do‘stlik uyushmasi rahbari va KXDR madaniy aloqalar qo‘mitasining maxsus vakili Alexandro Kao de Benos ham Shimoliy Koreya Prezidenti Kim Chen Inning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etmoqda.
Yaponiya ommaviy axborot vositalari Shimoliy Koreyaning yetakchisi Kim Chen In operatsiyadan keyin "vegetativ" holatda ekanligini da’vo qilmoqda.
Tasdiqlanmagan nazariyalardan biriga ko‘ra, Kim Chen In muvaffaqiyatsiz yurak operatsiyasidan so‘ng vafot etgan. Bunga jarrohning qo‘llari qattiq titrayotgani sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi