“Hammasi odatdagidek”: Turkmanistonda pandemiya davrida masjidlar yopilmadi

Olam

image

Turkmanistonda COVID-19 pandemiyasi davrida muborak Ramazon oyida masjidlar yopilmadi. Bu haqad RIA Novosti xabar berdi.

Musulmonlarning aytishicha, masjidga borish va diniy ibodatlarni o‘tkazishga hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan va hammasi odatdagidek davom etyapti. Odamlar bir necha ming kishi to‘planadigan taroveh, va Juma namozlarini masjidlarda o‘qiyapti. 

Ramazon oyining birinchi kunida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘zi namuna bo‘lib, Ashxoboddagi “Hazrati Umar” masjidida o‘zi yozgan kitoblar savdosidan tushgan pulga xayriya sifatida iftorlik qilib bergan. Mahalliy telekanalda namoyish etilgan kadrlarga ko‘ra, unda 100 ga yaqin odam ishtirok etgan.

Qayd etish kerakki, Turkmanistonda rasman koronavirus aniqlanmagan. Ammo xalqaro doiralarda rasmiy bayonotlarga shubha bilan qaralyapti. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Turkmanistonda koronavirus yo‘qligini tekshirish uchun maxsus missiya yuborishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sabab masjidlar yopilgan. Ramazon oyida taroveh namozini uyda o‘qish tavsiya etildi.


Maqola muallifi

Teglar

masjid Ramazon Turkmaniston

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing