Davlat mulkini sotib olishda avans to‘lovi 2 barobarga kamaytiriladi
Jamiyat
−
21 iyul 1816 1 daqiqa
O‘zbekistonda davlat aktivini olgan tadbirkor uchun avans to‘lovi 30 foizdan 15 foizga kamaytiriladi. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.
Yig‘ilishda yil boshidan 57 ta tarmoq va 76 ta hududiy korxona ishlab chiqarishni 11 trillion so‘mga kamaytirgani qayd etilgan.
Bosh vazir o‘rinbosariga viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan o‘n kunda “korxonabay” tahlil o‘tkazish topshirilgan. Har bir korxonada qanday muammo bo‘lsa, shu joyning o‘zida hal etiladi.
Sanoat kengashiga 133 ta korxonada yo‘qotilgan 11 trillion so‘mlik ishlab chiqarishni qoplash bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yilgan.
Shuningdek, hozir 22 trillion so‘mlik 3 mingta davlat ob’ekti auksionda turgani aytilgan. Hokimlarda davlat mulklarini sotish bo‘yicha tizim yo‘qligi tanqid qilingan.
Yaqinda yangi xususiylashtirish dasturi boshlanadi. Unga ko‘ra, 100 trillion so‘mlik 1,3 mingta ko‘chmas mulk, 8 ming gektar yer maydoni va 66 ta korxonadagi davlat ulushlari savdoga chiqariladi.
Davlat aktivini olgan tadbirkor uchun avans to‘lovi 30 foizdan 15 foizga kamaytiriladi. Qolgan summani foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.
Live
Barchasi