Davlat mulki bo‘lgan 16 ta bino sotildi, yana 17 tasi savdoga qo‘yildi
Jamiyat
−
04 noyabr 2019
5519Xorazmda davlat mulki bo‘lgan 16 ta bo‘sh bino 2 mlrd 890 mln so‘m investitsiya kiritish majburiyati bilan sotildi. Bu haqda davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
“E-AUKSION” elektron savdo maydonchasiga boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 23 ta davlat mulki ob’ekti savdoga chiqarilgan bo‘lib, ulardan 16 tasi kamida 2 mlrd 890 mln so‘m investitsiya kiritish va yangidan 302 ta ishchi o‘rni yaratish sharti bilan 308,0 mln so‘mga sotildi.
Shuningdek, amaldagi xususiylashtirish dasturlariga asosan 17 ta shundan, 10 ta davlat mulki ob’ekti 21 mlrd 100 mln so‘m investitsiya kiritish va yangidan 210 ta ishchi o‘rni tashkil qilish sharti bilan boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatda, qolgan 7 ta xo‘jalik jamiyati xususan “Xorazm sharobsavdo” MCHJ, “Qo’shko’pirsharobsavdo” MCHJ, “Yangibozorsharobsavdo” MCHJlarning ustav fondidagi 100 foizlik, “Xorazmuzumitayyorlovsavdo” MCHJning ustav fondidagi 1,71 foizlik, “Urganch yog‘-moy” AJning ustav fondidagi 60,3 foizlik, “Xorazmsuvqurilish” AJning ustav fondidagi 70,02 foiz davlat ulushlari hamda “Qurilish ta’mirlash ta’minot” DUKning ustav fondidagi 100 foizlik davlat ulushlari baholash qiymatida “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasiga savdoga chiqarilgan.
LiveBarchasi