Davlat mukofotlari egalariga beriladigan pul miqdori o‘zgarishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda orden va medallar bilan bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga doir buyruqqa qo‘shimcha kiritiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyrug‘ loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatga asosan endilikda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari quyidagi miqdorlarda bo‘lishi kutilmoqda: 

“Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravari miqdorida; 

“Amir Temur” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorida; 

“Jaloliddin Manguberdi” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oltmish besh baravari miqdorida; 

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravari miqdorida; 

“El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida; 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida; 

“Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti sovrindorlarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida; 

“Fidokorona xizmatlari” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq besh baravari miqdorida; 

“Mehnat Shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida; 

1-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida; 

2-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida; 

1-darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida; 

2-darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida; 

“Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida; 

“Mardlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida; 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida; 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida;

“Jasorat” medali bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida; 

“Shuhrat” medali bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida to‘lanadi.

Shuningdek belgilanishicha, mukofot oluvchining nomiga yozib berilgan hisob-kitob cheklari ularni ordenlar va medallar bilan mukofotlangan hamda Zulfiya nomidagi va “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotlari berilgan shaxslarga topshirishni tashkillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat mukofotlar va geraldika shu’basiga qaytariladi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror loyihasi Davlat mukofotlari

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing