Davlat xarid qiladigan boshoqli don narxi belgilandi
Jamiyat
−
16 iyun 2020
29897Davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil hosilidan davlat resurslariga 3 019 ming tonna, shu jumladan, 293,5 ming tonna urug‘lik don xarid qilinadi.
Qaror bilan ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020 yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxlari belgilandi. Xususan, 1 sinf qattiq bug‘doyning xarid narxi (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan) 1 tonna uchun 2 543 180 so‘mni tashkil etadi.
Barcha don tayyorlov korxonalari va g‘allachilik klasterlari qo‘shimcha xarid qilinadigan donni xo‘jaliklar bilan kelishilgan narxlarda shartnoma asosida xarid qiladi.
LiveBarchasi