Bir milliard so‘mdan ortiq qiymatdagi davlat xaridlari bekor qilindi
3-sahifa
−
20 mart
4904O‘zbekistonda bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 4 ta davlat xaridi bekor qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan qator davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Ular quyidagilar:
- Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 200,0 mln so‘mlik;
- Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi buyurtmachiligidagi 309,0 mln so‘mlik;
- Oqoltin tuman Tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 300,0 mln so‘mlik;
- Urganch ixtisoslashtirilgan maqom san’ati maktab-internati buyurtmachiligidagi 371,1 mln so‘mlik davlat xaridlari.
"Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilindi, shuningdek, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi