Davlat idoralarida majlisbozlik kamaytiriladi

Jamiyat

image

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida yig‘ilishlar sonini kamaytirish rejalashtirilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash mo‘ljallangan:

faqatgina taklif etilayotgan mansabdor shaxslarning funksional majburiyatlariga oid masalalar bo‘yicha ishtiroki zarur bo‘lgan hollarda yoki davlat siri va boshqa qonun bilan muhofaza qilinadigan sirlarga oid masalalarni muhokama qilishda davlat tashkilotlari tomonidan yig‘ilishlarni tashkil etish;

muhokamalarni o‘tkazishning masofaviy mexanizmlarini joriy etgan holda davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlariga hududlardan xodimlarni va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi yig‘ilishlarga tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini taklif etishga yo‘l qo‘ymaslik;

davlat tashkilotlari tomonidan dam olish va bayram kunlari yig‘ilishlarni o‘tkazish amaliyotini bekor qilish, alohida zarurat yuzaga kelgan holatlarda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bundan mustasno;

aholiga bevosita xizmat yoki davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlarni yig‘ilishlarga taklif qilish va ularga xos bo‘lmagan vazifalarni yuklash yoki tashqi ishlarga jalb etishni (xizmat ko‘rsatish maqsadlaridan tashqari) taqiqlash (ular ishtirokidagi yig‘ilishlar bevosita yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan faqatgina xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir etmaydigan soatlarda ular faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin).

Ma’lumot uchun, mazkur bandning ijro muddati - 2020 yil 1 fevral, mas’ul ijrochilar - Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlari.


Maqola muallifi

Teglar

majlisbozlik Davlat idoralari

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing