Davlat idoralarining telefonlari ustidan Antikorrupsiya agentligi nazorat o‘rnatadi
Jamiyat
−
28 noyabr 2023
7361Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat tashkilotlari va idoralarining ishonch telefonlari ishlashini tekshirib turish yuklatildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kecha, 27 noyabr kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda keltirilgan.
Farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlaridagi ishonch telefonlarining doimiy ravishda ishlab turishini tekshirish uchun “sirli mijoz” tadbiri asosida o‘rganish vazifasi yuklatilmoqda.
Bunda ishonch telefonlari (sall-markaz)ning hamda davlat tashkilotlarining o‘z rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan telefon raqamlarining doimiy ravishda ishchi holatdaligi, ma’lumotlar almashinuvi samaradorligi, qayta aloqaning mavjudligi, shu jumladan, tezkorligini tekshirish ishlari olib boriladi.