Davlat dumasi spikeri boshqa mahsulotlar eksportini ham rublga o‘tkazishni taklif qilmoqda
Olam
−
30 mart 2022
6623Rublga eksport qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirish, jumladan, don, neft va yog‘ochni Rossiya valyutasiga sotish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu haqda Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin so‘z ochdi.
"Yevropa davlatlarida rublda to‘lash uchun barcha bozor imkoniyatlari mavjud. Bunda hech qanday fojia yo‘q. Pul bor, lekin tovar yo‘q bo‘lganda vaziyat ancha yomonroq bo‘lardi. Agar siz gaz olmoqchi bo‘lsangiz, rubl toping”, deb yozadi u Telegram-kanalida.
Shuningdek, u Rossiya foydasiga rublda eskport qilinadigan tovarlar ro‘yxatini ham kengaytirishni taklif qilgan. Bular: o‘g‘itlar, don, neft, ko‘mir, metallar, yog‘och.
Volodin Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish bo‘yicha qarorini to‘g‘ri deb baholagan.
“Davlat Dumasi deputatlari uni qo‘llab-quvvatlamoqda”, deydi u.
Davlat Dumasi spikeri, shuningdek, yevropalik siyosatchilar “suhbatlarni tugatishi, o‘z mamlakatlari rublda to‘lay olmasligi uchun bahona izlashni bas qilishi” kerakligini ta’kidlagan.
“Ularning o‘zlari Rossiya bu valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblardan voz kechishi, dollar va yevroga bo‘lgan ishonchni buzish uchun hamma narsani qildilar”, deydi u.
U Rossiyaga do‘st bo‘lmagan va sanksiya qo‘llagan mamlakatlarga yuzlanib, cheklovlar orqali Rossiyani emas, balki o‘zlarini qiyin ahvolga solganlarini urg‘uladi.
“Shu munosabat bilan men do‘st bo‘lmagan mamlakatlarning milliy parlamentlaridagi hamkasblarimga murojaat qilaman. Rubl bilan hisob-kitoblar masalasiga jiddiyroq munosabatda bo‘ling. Bizni sanksiyalar siyosati bilan izolyatsiya qilishga urinib, o‘zingizni izolyatsiya qildingiz. Qabul qilgan qarorlaringiz uchun javob berishingiz kerak”, deydi Volodin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga tabiiy gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublda qabul qilishga ko‘rsatma bergandi. Unga ko‘ra, Rossiya tomonining endilikda Yevropa Ittifoqi va AQSHga mahalliy tovarlarni dollar va yevroda yetkazib berishidan ma’no yo‘q.
“Shuning uchun, MEN do‘st bo‘lmagan davlatlarga yetkazib berilayotgan tabiiy gazimiz uchun to‘lovlarni qisqa vaqt ichida Rossiya rubliga o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaror qildim”, deya ta’kidlagan Putin.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning do‘st bo‘lmagan davlatlar bilan gaz hisob-kitoblari rublga aylantirilgach, xorijiy iste’molchilar zarur operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Ya’ni gaz sotib olishni xohlagan davlat avvalo Rossiyadan rubl olishi lozim.
LiveBarchasi