Davlat byudjetidan farzandlarini xorijga yuborgan samarqandlik mulozimga chora ko‘rildi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbari Muzaffar Hamdamov Rossiyaga yuborilgan rasmiy delegatsiya tarkibiga o‘z o‘g‘li va jiyanini qo‘shib yuborgani haqida xabar berilgan edi. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Akmal Burxonov qonunbuzarlarga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, iqtidorli yoshlar o‘rniga farzandi va jiyanini xorijga yubormoqchi bo‘lgan samarqandlik amaldor 28 mln so‘mni byudjetga qaytargan. Xorijga yuborilgan 8 nafar o‘quvchidan 4 nafari bevosita boshqarma boshlig‘ining o‘g‘li va jiyani, yana ikki nafari o‘sha yerda ishlovchi buxgalter va metodistning farzandi ekani o‘rtaga chiqqan.

Burxonov ushbu holatga alohida to‘xtalib o‘tgan va Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mansabdor shaxslari tomonidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani isbotini topgani qayd etilgan.

Aniqlanishicha, yutuqqa erishgan yoshlar o‘rniga rahbarning farzandi va jiyani xorijga yuborilgan. Natijada mazkur holat bo‘yicha ko‘rilgan choralar doirasida Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli amaldorlar mahalliy byudjetga 28 million so‘m mablag‘ni qaytarib bergan.

“Agar byudjetga zarar keltirilgan bo‘lsa, unga va tanish-bilishchilik holatiga yo‘l qo‘ygani uchun birinchi o‘rinda boshqarma boshlig‘iga va boshqa mansabdorlarga keskin chora ko‘rish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga lavozimdan ozod etishgacha bo‘lgan taqdimnoma kiritdik”, deydi Burxonov.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat byudjeti samarqandlik amaldorlar Muzaffar Hamdamov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing