Davlat byudjeti xarajatlari oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti xarajatlari oshirildi. Joriy yilning 23 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan qonun bilan “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan:

a) 2021 yil uchun Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 6,5 foizini tashkil etadi;

b) quyidagi xarajatlar oshirildi:

  • davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 41 trln 226 mlrd 950,3 mln so‘mgacha;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xarajatlari 26 trln 746 mlrd 490 mln so‘mgacha.

v) 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari oshirildi. Respublika byudjetidan ularga jami 162 trln 837 mlrd 498,1 mln so‘m ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat byudjeti

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing