Davlat byudjeti xarajatlari ko‘paytirilmoqda: kuch tuzilmalari qo‘shimcha 1,4 trln oladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning 2021 yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti xarajatlari qariyb 12 trln so‘mga ko‘paytirilmoqda. Tegishli qonun Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida ma’qullangan.

Qonun bilan 2021 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari bo‘yicha o‘zgartish kiritilmoqda.

Xususan, investitsiya dasturlariga 6,0 trln. so‘m, ayrim muassasalarga kiritilgan qo‘shimcha shtat birliklarini moliyalashtirish uchun 1,4 trln. so‘m hamda mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xarajatlariga 1,4 trln. so‘m ajratilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, joriy yilda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun rejalashtirilgan 3,0 trln. so‘m mablag‘ to‘liq ishlatilganligi tufayli qo‘shimcha mablag‘ zaxirasini yaratishga 1,3 trln. so‘m ajratiladi.

Qonunda davlat-xususiy sherikligi asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar berish hamda bolalar qamrovi ortganligi sababli 1,1 trln. so‘m qo‘shimcha subsidiya ajratish, qolaversa, “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirishga 1,3 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltirish nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat byudjeti

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing