Davlat byudjeti xarajatlari ko‘paytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari prognoziga o‘zgartirishlar kiritildi. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xarajatlari 24 239 490 mln so‘mni tashkil etadi.

Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 41 226 950,3 mln so‘mni tashkil etadi, ular orasida quyidagi xarajatlar mavjud:

•    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma xarajatlari - 273 000 mln so‘m;

•    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi xarajatlari - 759 000 mln so‘m;

•    XTV huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi xarajatlari - 208 752,3 mln so‘m.

Davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari prognozi 27 999 898,6 mln so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Respublika byudjetidan ularga jami 160 616 670,5 mln so‘m ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat byudjeti

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing