Davlat byudjeti xarajatlari koronavirus sabab maqbullashtiriladi

Jamiyat

image

2020 yildagi O‘zbekiston Davlat byudjeti xarajatlarini maqbullashtirish rejalashtirilyapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zaxira yaratish maqsadida 2020 yildagi O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti xarajatlarini maqbullashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:

•    byudjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3-razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari) ishlaydigan xodimlarga rejalashtirilgan moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishini 2021 yilning 1 yanvariga qadar to‘xtatib turish;

•    O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti xarajatlarini maqbullashtirish;

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlari xarajatlarini maqbullashtirish;

•    O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan xarajatlarni maqbullashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyidagi xarajatlar:

•    2020 yilga qo‘shimcha ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan mablag‘larni;

•    yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun tuman byudjetlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 100 mlrd. so‘mini;

•    O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan 100 mlrd. so‘m mablag‘dan 50 mlrd. so‘m maqbullashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 apreldagi 232-sonli “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining tasdiqlangan daromadlar prognozining bajarilmasligi hisobiga xarajatlarning maqbullashtirilgan qismi respublika byudjetiga yo‘naltiriladi.

Maqbullashtirilgan mablag‘lar kelgusida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlariga yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlaridan maqbullashtirilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan maqbullashtiriladigan xarajatlar


Maqola muallifi

Teglar

Davlat byudjeti

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing