Davlat bog‘chalariga bolalarni ikki yoshdan qabul qilish taklif qilindi
Jamiyat
−
30 mart 2020
5629“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish yoshini ikki yosh etib o‘zgartirish haqida”gi petitsiya e’lon qilindi
Aytilishicha, hozirgi kunda bolalarni bog‘chaga chiqish yoshi 3 yosh qilib belgilangan. Ammo turli sabablarga ko‘ra onalar ishga chiqishga majbur bo‘ladi. Ammo farzandini uch yoshga to‘lmagani uchun bog‘cha qabul qilmaydi. Shu sababli, farzand har yerda sarson bo‘ladi. Xususiy bog‘chalar esa juda qimmat bo‘lib, uni to‘lashga hammaning ham moddiy imkoniyati yetmaydi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish yoshini ikki yosh etib o‘zgartirishni taklif qilamiz. Bu bilan yosh bolasi bor onalarning ishlashi va o‘qishlari uchun katta imkoniyat yaratilgan bo‘lar edi”, deyiladi petitsiyada.
Izohlarda esa davlat bog‘chalarida shundoq ham joy muammoligi, yangi davlat bog‘chalari qurilishi sustligi, davlat xususiy sherikchiligi asosida quriladigan bog‘chalargadagi byurokratik (kredit olish va b.) to‘siqlar borligi aytib o‘tilgan.
LiveBarchasi