Davlat Bobonov nufuzli sovringa ega chiqishi mumkin (video)
Sport
−
22 dekabr 2023
5945Joriy yilning 5 mart kunida Toshkentda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri yarim finalida o‘zbekistonlik sportchi Davlat Bobonov tomonidan qo‘llanilgan usul Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan “Yilning eng yaxshi ipponi” nominatsiyasiga qo‘yildi.
Bobonov yarim finalda vengriyalik Kristian Tot bilan to‘qnash kelgandi. Mazkur bahsda final oldidan final deb ta’rif berilgan. To‘qnashuvda Bobonov atigi 31 soniya ichida raqibini ajoyib usulda mag‘lubiyatga uchratgandi.
Mazkur nominatsiya bo‘yicha ovoz berish jarayonlari “Awards.ijf” sahifasida davom etmoqda. G‘oliblar kelasi yil 2-4 fevral kunlari o‘tadigan Parij “Katta dubulg‘a” turnirida e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Davlat Bobonov Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori hisoblanadi. U 2022 yil Toshkent mezbonlik qilgan jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, Bobonov shu yili Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi