Davlat Bobonov IJF reytingi yetakchisiga aylandi

Sport

image

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra 90 kg vazn toifasida Olimpiada bronza medalini qo‘lga kiritgan Davlat Bobonov birinchi o‘rinda qayd etildi.

Joriy yil Bobonov uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Jahon chempionatining kumush, Olimpiya o‘yinlarining bronza medali uni o‘z toifasining yetakchisiga aylanishi uchun zamin yaratdi. Bunga qadar ikki karra Jahon chempioni Rishod Sobirov 2012 yilgi London Olimpiadasidan avval 60 kg vazn toifasida birinchi o‘rindan joy olgan edi.
 
Shuningdek, Sardor Nurillayev va Sharofiddin Boltaboyev eng kuchli 10 nafar dzyudochi qatoriga kiritilgan.

60 kg:
1. Yago Abuladze (Rossiya) – 4841 ochko
20. Kamron Nurullayev – 1928 ochko

66 kg:
1. An Baul (Janubiy Koreya) – 5603 ochko
6. Sardor Nurullayev – 3569 ochko

73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 5175 ochko
13. Hikmatilloh To‘rayev – 2879 ochko

81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 6692 ochko
4. Sharofiddin Boltaboyev – 4436

90 kg:
1. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) – 6004 ochko
35. Shermuhammad Jandreyev – 1140 ochko

100 kg:
1. Arman Adamyan (Rossiya) – 5524 ochko
13. Muhammadkarim Xurramov – 3015 ochko

+100 kg:
1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) – 5900 ochko
22. Alisher Yusupov – 1833 ochko
26. Bekmurod Oltiboyev – 1487 ochko


52 kg:
1. Amandin Bushar (Fransiya) – 6520 ochko
11. Diyora Keldiyorova – 3202 ochko

70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 5810 ochko
11. Gulnoza Matniyazova – 3027 ochko

Ma’lumot uchun, joriy yil Boku (5-7 noyabr) va Abu-Dabi (26-28 noyabr) shahrida “Katta dubulg‘a” turnirlfri bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo Davlat Bobonov Sharofiddin Boltaboev Sardor Nurullaev IJF

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing