Davlat Ai-80 va Ai-91 markali benzin narxini tartibga solishni to‘xtatadi

Jamiyat

image

Narxi davlat tomonidan nazorat qilib boriladigan tovar va xizmatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda “Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 30 martdagi 249-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida belgilangan.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatida:

4, 6, 7, 8, 11, 12, 14, 18, 20 va 22-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.

Bular qanday tovarlar?

4. Ijtimoiy muhim dori vositalari va tibbiy buyumlar (maxsus tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha).

6. Aholiga hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha byudjet tashkilotlari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalariga sotiladigan avtomobil benzini (Ai-80 va Ai-91 markalari).

7. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha byudjet tashkilotlariga, davlat buyurtmasi bo‘yicha paxta xomashyosi va don yetishtiradigan fermer xo‘jaliklari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJga, maishiy chiqindilarni to‘plash va tashish bo‘yicha davlat korxonalariga sotiladigan, shuningdek, boshqa iste’molchilarga chakana narxda sotiladigan dizel yonilg‘isi.

8. Paxta mahsuloti (paxta xomashyosi, paxta tolasi, texnik urug‘lik).

11. Don (xarid narxlari).

12. Mineral o‘g‘itlar.

14. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida maxsus himoya darajasiga ega bo‘lgan qog‘ozdan tayyorlanadigan mahsulotlar (qimmatli qog‘ozlar, pasport, harakatlanish hujjati va shu kabilar).

18. Griflangan paketlarni (jo‘natmalar, posilkalarni) jo‘natish.

20. Xo‘jalik sub’ektlarining pul mablag‘lari inkassatsiyasi va pul mablag‘lari va boshqa qimmatliklarni banklararo tashish xizmatlari.

22. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tegishli umumta’lim fanlari bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish xizmatlari (Xalq ta’limi vazirligining maxsus tasdiqlanadigan ro‘yxati bo‘yicha).

Shuningdek, 5-banddagi (Turmushda iste’mol qilinadigan siqilgan gaz va “O‘ztransgaz” AJ va/yoki uning hududiy bo‘linmalari orqali sotiladigan tabiiy gaz) “siqilgan gaz va “O‘ztransgaz” AJ” so‘zlari “suyultirilgan gaz, “O‘ztransgaz” AJ xamda “Hududgazta’minot” AJ” so‘zlari bilan almashtiriladi.

13-banddagi (To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha aholiga, byudjet tashkilotlariga va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalariga, shu jumladan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘lyonilg‘ita’min” boshqarmalari orqali sotiladigan ko‘mir), byudjet tashkilotlariga va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalariga,” so‘zlari chiqarib tashlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing