“Davlat hech qachon o‘z xududiga hujum qilmaydi”. Ukrainaning Donbassdagi pozitsiyasi ma’lum qilindi

Olam

image

Ukraina Donbassda urush qilishni rejalashtirmayapti. Bu xaqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi Yuliya Mendel “Dom” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Gap shundaki, Ukraina xech qachon o‘z xududiga hujum qilmaydi va o‘z xalqiga qarshi kurashmaydi”, deydi Yuliya Mendel.

Shuningdek, Prezident matbuot kotibi fikrlari davomida muzokaralar orqali tinchlikka erishish mumkinligiga ishonishi va barcha ehtimoliy yo‘llar bilan tinchlikka intilayotganlarini aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Donbassdagi qarama-qarshiliklar yetti yildan beri davom etmoqda. Ularda taxminan 13 ming kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev Donbassda urush bo‘lishini istamasligini, biroq Ukraina armiyasiga hujum qilish xavfi bo‘lgan taqdirda Ukraina Donbassda o‘q uzishini aytgandi.  

Hududdagi vaziyatning keskinlashuvi fonida bir qator davlatlar, xususan Fransiya va Germaniya xavotirga tushgan bo‘lsa, AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Siyosiy ekspertlar esa Donbassdagi vaziyatning keskinlashuvini Ukrainaning so‘nggi paytlardagi NATOga qo‘shilish tomon faol harakatlari bilan bog‘lamoqda.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassda vaziyat keskinlashgan bir davrda harbiy tutashuv chizig‘iga bordi. U dubulg‘a va o‘q o‘tkazmaydigan nimcha kiyib, Donbassdagi harbiylar xandag‘iga tushdi.

Ma’lumot o‘rnida, Donbass mintaqasi Ukrainaning Donetsk va Lugansk hamda Rossiyaning Rostov viloyatlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu hududda 2014 yildan beri harbiy harakatlar davom etmoqda. Konflikt bir tomondan Ukraina Qurolli kuchlari, ikkinchi tomonda ikki alohida o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari o‘rtasida bormoqda. Ushbu ikki davlat Ukrainadagi 2014 yilgi siyosiy inqiroz vaqtida vujudga kelgan.  Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarining ikkisi ham na Ukraina va na jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan.

 

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing