Bayden Zelenskiyga va’da berdi: Rossiya Ukraina uchun qanchalik xavfli?

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan suhbatda AQSH Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Bu haqda Oq uy veb-saytidagi xabarda aytilgan.

“Prezident Bayden Rossiyaning Donbas va Qrimda davom etayotgan tajovuzi sharoitida AQSH Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Bayden Zelenskiyning korrupsiyaga qarshi kurashish rejasi va Ukraina xalqi uchun adolat, xavfsizlik va farovonlikni ta’minlaydigan umumiy demokratik qadriyatlar asosidagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun strategik sheriklikni faollashtirishga sodiqligini ta’kidlagan. 

“Shuningdek, ular AQSH va Ukrainaning COVID-19 pandemiyasini oldini olish va mintaqada demokratiyani mustahkamlash uchun yaqin hamkorlikning muhimligini muhokama qildi”, deyiladi Oq uy veb-saytida.

Avvalroq Bayden va Zelenskiy AQSHning yangi Prezidenti ish boshlagandan beri birinchi marta telefon orqali muloqot qilishlari haqida xabar berilgan edi. O‘tgan hafta davomida ikki davlatning yuqori martabali amaldorlari o‘rtasida kamida uch marta telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Kiyev va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar 2014 yil mart oyida Qrimning Rossiyaga qo‘shilishidan va o‘sha yilning aprelida Donbassda mojaro boshlanganidan keyin keskin yomonlashdi. Donetsk va Lugansk viloyatlarining bir qismi o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Kiyev isyon ko‘targan hududlarni kuch bilan qaytarib olishga urinib ko‘rdi, ammo bu natija bermadi. Ukraina Rossiyani qurolli agressiya hamda Qrim va Donbass hududlarini bosib olganlikda ayblamoqda. Moskva o‘zini to‘qnashuv ishtirokchisi deb hisoblamaydi va da’volarni rad etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

261

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing