Donbassdagi vaziyat: Ukrainani yana ikki gigant davlat qo‘llab-quvvatladi

Olam

image

Fransiya va Germaniya Donbassdagi vaziyatning keskinlashuvidan xavotirga tushdi va “Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini” qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iva Le Drian va Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning qo‘shma bayonotida aytilgan.

Qayd etilishicha, Sharqiy Ukrainada vaziyat 2020 yil iyulidan beri barqarorlashganiga qaramay, mamlakatlar sulh bitimining buzilishi ko‘payganidan xavotirda.

“Biz vaziyatni, xususan Rossiya qo‘shinlari harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqdamiz va tomonlarni tiyilish hamda keskinlikni darhol pasaytirishga chaqiramiz. Biz Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralarida suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashimizni tasdiqlaymi”, deyiladi hujjatda.

Vazirlar Minsk kelishuvlari shartlarining to‘liq bajarilishini izlashda davom etayotganliklari va davom etayotgan muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Donbassdagi harbiy mojaro 2014 yilda, Donetsk va Lugansk viloyatlarining bir qismi Kiyevdagi markaziy hukumat almashganidan so‘ng o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan keyin boshlandi. Ukraina Rossiyani ushbu hududlarni bosib olganlikda ayblamoqda. Moskva doimiy ravishda ushbu da’voni rad etib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Donbass va Qrimda davom etayotgan tajovuzi sharoitida AQSH Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagandi.

Shundan so‘ng Kreml AQSHning Ukrainani “Rossiya tajovuzidan” himoya qilish rejasiga javob qaytardi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

465

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing