Davergeodezkadastr qo‘mitasi Oltiariqdagi korrupsion holatga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri mutaxassisi katta miqdorda pora olayotganda qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik. Davergeodezkadastr qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

Ma’lum bo‘lishicha Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga fuqaro M.E. 2018 yil 2 oktyabrdan shartnoma asosida Ishlab chiqarish bo‘limiga 2-toifali mutaxassis sifatida ishga qabul qilingan bo‘lib, asosiy vazifasi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hisoblangan.

Fuqaro M.E. va korxona rahbari o‘rtasida Davergeodezkadastr qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini talablariga rioya etish haqidagi kelishuv shartnomasi 2018 yil 2 oktyabr sanasida imzolangan.

Davergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan joylarda bir necha bor xodimlar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilganida har bir xodim, u rahbar bo‘ladimi, oddiy mutaxassis bo‘ladimi ish faoliyati davomida noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etmasligini, to‘g‘ri va halol ishlash kerakligi, eng ayanchli holat sanalgan korrupsiyaga qo‘l urmasligi doimo ta’kidlab o‘tilib, tushuntirish ishlari amalga oshirib kelingan.

Ushbu xususida har bir rahbar, mutaxassis xodimlar, xususan M.E. bilan ham Davergeodezkadastr qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini talablariga rioya etish haqidagi kelishuv shartnomasi imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Oltariq Davergeodezkadastr

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing