“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi xodimlarida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
14 iyul 2020
5749Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 6 xodimida koronavirus aniqlandi. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.
Davergeodezkadastr qo‘mitasi tizimida foliyat olib boruvchi 10 mingdan ortiq xodimdan 6 nafarida (Toshkent viloyatida 3 ta, Xorazm viloyatida 2 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta) ushbu virus aniqangan va karantinga olingan.
Xozirda mazkur xodimlarning 2 nafari to‘liq sog‘aygan, 4 nafari shifoxonada statsionar holatda davolanish jarayonida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 872 nafarga yetdi. Hozirgacha ularning 8030 nafari sog‘aygan va 64 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi