“Dastlab rejam boshqacha edi”. Messi o‘z qaroriga izoh berdi
Sport
−
16 iyun 2023 5470 1 daqiqa
Joriy yilning 7 iyun kunida argentinalik futbolchi Lionel Messi “Inter Mayami” futbolchisiga aylandi. Messi nega AQSHga ko‘chib o‘tish qaroriga kelganiga izoh berdi.
Qayd etilishicha, Argentina terma jamoasi sardori dastlab faoliyatini boshqa joyda davom ettirish niyatida bo‘lgan, biroq oilasining xohishi tufayli AQSH variantini tanlagan.
“Dastlab rejam boshqacha edi, lekin hozir oilam bilan hamfikr qarorimdan mamnunam. O‘zgarishlarga, yangi sinovga tayyormiz. Menimcha, bu muhim qadam”, deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Messi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi sabablarini ham tushuntirdi. Leo Amerika kubogi va Jahon chempionati saralashida terma jamoasiga yordam berishga tayyor.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr