Dard ustiga chipqon: KXDR endi suv toshqiniga duchor bo‘ldi (video)
Olam
−
07 avgust 2021
13252Koreya Xalq Demokratik Respublikasida suv toshqini yuz berdi. Oqibatda mingdan ziyod uy zarar ko‘rdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bergan.
Tabiiy ofat ko‘prik va to‘g‘onlarga ham zarar yetkazgan, Hamgen-Pukto va Hamgen-Namdo viloyatlaridagi yo‘llar va ekin maydonlari zarar ko‘rgan.
Shimoliy Koreya Gidrometeorologiya boshqarmasi avgust oyida yana kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganini ma’lum qilgan. Bunday fonda hozirgidan ham jiddiy iqtisodiy zarar istisno qilinmasligi ta’kidlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yomg‘ir bir necha kun davom etgan. Hosilning zararlanishi haqidagi xavotirlar kuchaygani uchun oqibatlar ma’lum qilingan.
Yana bir tashvish Shimoliy Koreyada oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq, chunki COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat va xalqaro sanksiyalar tufayli import qilinadigan tovarlarni olib kirishda cheklovlar mavjud.
Avvalroq, KXDR mamlakat aholisi o‘rtasida yangi katta ocharchilikning oldini olish uchun armiya zaxiralaridan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishni tashkil qilgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In joriy yilning iyun oyida mamlakatda oziq-ovqat yetishmovchiligi boshlanishi mumkinligi haqida e’lon qilgandi. Kim Chen In Shimoliy Koreya partiyasi va xalqini yangi “qiyin yurish”ga tayyor bo‘lishga chaqirgandi. KXDR tarixidagi ushbu atama XX asrning 90-yillari, mamlakat ommaviy ocharchilik tufayli og‘irlashgan iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan davrni nazarda tutadi.
LiveBarchasi