Daraxtkushlik tinmayotgan Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish bosh rejasi tasdiqlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida besh yil davomida ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi. Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining joriy yil 16 sentyabrdagi “Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh rejasini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2023-2027 yillarda Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi, unga ko‘ra har yili:

•    7 mln ga yaqin mavsumiy gullar;
•    75 mingdan kam bo‘lmagan miqdorda daraxt ko‘chatlari va butalar ekilishi nazarda tutilmoqda.

Bosh rejada yil yakuniga qadar yog‘ingarchilik mavsumlarida shahar hududlarida suv to‘planishi va suv toshishi mumkin bo‘lgan manzillar ro‘yxatini aniq shakllantirish va bartaraf qilish choralarini ko‘rish nazarda tutilmoqda.

Qaror bilan quyidagi vazifalar belgilanmoqda.

•    2024 yilga qadar poytaxtni yashillik darajasini 30 foizga yetkazish;
•    ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tuman hokimliklariga atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga mansub bo‘lgan korxonalarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95%dan past bo‘lmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarni o‘rnatilishini nazorat qilishni yuklatish;
•    shahar va tumanlar markazlari ko‘chalaridagi irrigatsiya tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazib, tarmoqlarni joriy ta’mirlash va yangilash choralarini ko‘rish;
•    daraxtlarni zararkunanda hasharotlardan saqlab qolish uchun chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
•    2022-2024 yillarda shahardan  o‘tadigan kanallarning (62 km qismi) qirg‘oq bo‘ylarini obodonlashtirish, kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, ko‘kalamzorlashtirish va sayilgohlar tashkil etish.

Qayd etish kerakki, Toshkentda so‘nggi vaqtlarda daraxtlarni kesish jiddiy muammo bo‘lib turibdi. Toshkentning Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 7 dona eman daraxtining tomir qismiga shikast yetkazilgandi. Keyinroq ayni Chilonzorda 58 ta daraxt "o‘ldirildi".


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent daraxt

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing