Dani Alves Portugaliyada futbol klubini sotib olmoqchi
Sport
−
15:22 602 1 daqiqa
“Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dani Alves Portugaliyaning Liga 3 (uchinchi divizion) klubi “Sao Jao Ver” futbol klubini sotib olishga qiziqmoqda. Bu haqda “A Bola” nashri xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, dastlabki taklif futbolchining jamoada o‘ynashi va shu bilan birga ma’muriy hamda sport boshqaruvi vazifalarini bajarishini nazarda tutadi. Alves debyutini o‘tkazib, keyingi mavsumdayoq qaytishni rejalashtirmoqda.
Futbolchi Ispaniyada jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bilan hibsga olinganidan so‘ng 2023 yildan beri maydonga tushmagan. Ish bir yildan ortiq davom etgan. Shu vaqt davomida u hibsda qolgan va 2024 yilda to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2025 yilda esa sud dalillar yetarli emasligi sababli hukm bekor qilingan edi.
Ma’lumot uchun, Dani Alves olti karra Ispaniya chempioni, “Barselona” bilan uch karra Chempionlar ligasi g‘olibi va “Sevilya” bilan ikki karra UEFA kubogi sohibi hisoblanadi. Himoyachi shuningdek, PSJ bilan ikki marta Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dani Alves jinsiy zo‘ravonlik ayblovi bo‘yicha oqlangach, Jironadagi Elim yevangelist cherkovida voizlik qilayotgan edi.