Kurs UZS

USD

12 929.37

-17.7

EUR

13 963.72

-69.61

RUB

152.87

-2.14

Dana Uayt yangi boks ligasida chempionlarga har bir jangi uchun 750 ming dollar to‘lamoqchi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt va “Riyadh Season” rahbari Turki Al ash-Shayx hamkorligida tashkil etilayotgan “TKO Group” boks ligasida chempionlarga har bir jang uchun 750 ming dollar gonorar  ajratilishi kutilmoqda. Bu haqda “Daily mail” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi tashkil etilayotgan boks ligasida har bir bokschi 5 oyda bir marta ringga ko‘tarilishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, yiliga 4 tagacha jang rejalashtirilgan. Gonorarlar bokschining reytingdagi o‘rniga qarab ajratiladi.

Gonorarlar quyidagicha talqinlar bo‘yicha ajratilishi rejalashtirilgan.

  • reytingga kirmagan jangchilar uchun - 20 ming dollar; 
  • reytingda (5-10) o‘rin uchun - 50 ming dollar; 
  • reytingda (3-4) o‘rin uchun - 125 ming dollar;  
  • chempionlik jangi uchun - 375 ming dollar; 
  • kamarni himoya qilish uchun - 750 ming dollar.

Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Turki Al ash-Shayx Riyadh Season

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing