Dana Uayt UFC tarixidagi eng kuchli jangchilar kimligini aytdi. Ular orasida Habib yo‘q

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt promoushen tarixidagi eng kuchli jangchilarni aytdi, ammo ularning orasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov yo‘q. Bu haqda “GQ Sports” jurnali Dana Uaytning so‘zlariga tayanib, xabar berdi.

“Habib eng zo‘r ekanligini aytish qiyin. U faoliyatida hamma narsaga erishgan bo‘lishi mumkin. Lekin u sportdan juda erta ketdi. Jon Jons esa bu yil og‘ir vaznda jang qilishi mumkin. Men Jonsni barcha davrlarning eng buyuk jangchisi deb atagan bo‘lardim. Ishoning, men Xabibni bir necha marta qaytarishga harakat qildim. Buyog‘iga nima bo‘lishini ko‘ramiz. Shaxsiy talqinimda UFC'ning eng kuchli 5 ta jangchisi: Jon Jons, Anderson Silva, Ronda Rouzi, Konor Makgregor, Jorj Sen-Per. Ammo men ta’kidlaymanki, bu ro‘yxatga yana ko‘plab yigitlarni qo‘shgan bo‘lardim. Masalan, Kamaru Usmon ham juda kuchli atlet”, degan Uayt.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmuhamedov 2020 yil oktyabr oyida professional sportdagi faoliyatini yakunlagan edi. U oxirgi jangida Jastin Getjini bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Dana Uayt

Baholaganlar

617

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing