Habibning jamoasi AQSHni bosib olishi mumkin – UFC direktori
Sport
−
30 noyabr 2023
9260Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Habib Nurmuhammedovning jamoasi Dog‘istondan kelib, AQSHni bosib olishi mumkin. Bu haqda UFC bosh direktori Dana Uayt “Full Send Podcast” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
”Habib jamoasi Dog‘istondan kelib, AQSHni butunlay egallashi mumkin. Chunki bizning avlod qo‘rqoq ahmoqlardan tashkil topgan. Ularning barchasi ayollar kabi. Boshqa mamlakatlar yoshlari bilan solishtirsangiz, katta farqni ko‘rasiz. Rossiyalik yigitlarga qarang... Ular butunlay boshqacha tug‘ilgan, boshqacha tarbiyalangandek... Ularning mentaliteti butunlay boshqacha. Erkaklarimiz kundan-kunga noziklashib bormoqda”, deydi Uayt.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmuhammedovning professional rekordi 29-0. 2018 yilning aprel oyida Nurmuhammedov yengil vaznda UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan birinchi dog‘istonlik jangchi bo‘ldi. 2020 yil oktyabr oyida kamarni uchinchi muvaffaqiyatli himoyasidan so‘ng rossiyalik sportchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Hozirda yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamari yana bir dog‘istonlik jangchi Islom Maxachevga tegishli. Maxachev ikki marta avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiga qarshi muvaffaqiyatli himoya jangini o‘tkazdi.
Ayni paytda UFC reytingida Maxachevdan tashqari yana 10 nafar rossiyalik jangchi bor, ulardan to‘rt nafari Dog‘iston vakili. Ular orasida Habibning amakivachchasi Said Nurmuhammedov ham bor.
LiveBarchasi