Makgregor qachon oktagonga qaytadi?

Sport

image

Ultimate Fighting Championship (UFC) kamarining sobiq egasi, irlandiyalik Konor Makgregor 2024 yilning iyun oyida amerikalik Maykl Chandlerga qarshi jang o‘tkazmaydi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt ma’lum qildi.

1 yanvar kuni irlandiyalik sportchi jang 29 iyun kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishini aytgandi, biroq Uayt Konorning gaplarini rad etdi.

“Makgregor iyun oyida jang qilmaydi. Qachon Konor jangga tayyor bo‘lsa, biz buni e’lon qilamiz”, deydi Uayt.

Ma’lumot uchun, Makgregor 35 yoshda, u UFC'da 22 ta g‘alaba erishgan va 6 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. U 2015 yilda ilk UFC chempionligini qo‘lga kiritdi, keyinroq tashkilot tarixida bir vaqtning o‘zida turli vazn toifalarida ikkita unvonni qo‘lga kiritgan birinchi jangchi bo‘ldi. 2021 yil iyul oyida amerikalik Dastin Porega qarshi bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Makgregor oyog‘ini sindirib olib, imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Dana Uayt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing