Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev tashkilotdagi navbatdagi jangini 12 mayga o‘tar kechasi AQSHning Sent-Luis shahrida o‘tkaziladigan turnirda o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot rahbari Dana Uayt o‘z sahifasida ma’lum qildi.

O‘sha kuni Ro‘ziboyevga qarshi yarim o‘rta vazn toifasi reytingida 11-o‘rinni band etgan amerikalik Xoakin Bakli oktagonga chiqadi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Bakli shu vaqtga qadar MMA'da 24 marta jang o‘tkazib, bahslarning 18 tasida g‘alaba qozongan, 6 ta to‘qnashuvda esa imkoniyatni boy bergan. Janglarining 13 tasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan. 30 yoshli Ro‘ziboyev esa MMA'da umumiy 42 ta jangda qatnashib, 34 ta g‘alaba qayd etgan, 8 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan. 14 jangda raqiblaridan muddatidan avval taslim etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Ro'ziboev Dana Uayt Xoakin Bakli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing