UFC 300 katta janglarni va’da qilmoqda

Sport

image

UFC promouterlik kompaniyasi direktori Dana Uayt tez orada UFC 300 yubiley turniridagi yangi janglar haqida e’lon qilishga va’da berdi.

“Men yakshanba kuni uyda bo‘laman, seshanba kuni esa bir nechta muhim janglarni e’lon qilaman. 9 yanvar kuni UFC 300 da bir qancha yirik janglar o‘tkazilishi haqida bilib olasiz”, deydi Dana Uayt.

Hozirda UFC 300 da 3 ta to‘qnashuv ishtirokchilari ma’lum: Irji Proxazka – Aleksandar Rakich, Aljameyn Sterling – Kelvin Kattar va Bo Nikal – Kodi Brandeyj.

Ma’lumot uchun, 13 apreldan 14 aprelga o‘tar kechasi AQSHning Las-Vegas shahrida tashkilotning yubiley, 300-raqamli turniri bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Dana Uayt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing