Dana Uayt matbuot anjumanida jang so‘ragan tojikistonlikni UFC'ga oldi
Sport
−
25 Oktabr
2268Kecha, 24 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida Ultimate Fighting Championship (UFC) jangchilari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va anjumanda tojikistonlik MMA jangchisi Dorobshoh Nabotov promoushen rahbari Dana Uaytdan UFC'dan jang berishni so‘radi.
Tadbir davom etayotgan bir paytda Dorobshoh mikrofon oldiga kelib Uaytga u bilan shartnoma imzolash iltimosi bilan chiqdi.
E’tiborlisi, mabuot anjumanida qoidaga ko‘ra, faqat OAV vakillari jangchilarga savol berishi mumkin, biroq Uaytdan jang so‘ragan kishi professional jangchi Dorobshoh Nabotov bo‘lib chiqdi.
Anjumanda Dana Uayt uning yoshi, MMA'dagi rekordi haqida so‘radi. Nabotovning aytishicha, u MMA'da 9 ta jangda g‘alabaga erishgan. “Tapalogy” ma’lumotlariga ko‘ra esa 25 yoshli tojikistonlik jangchi 7 ta g‘alabaga ega.
Dana Dorobshohni UFC'ga olishga rozi bo‘ldi. Endi u Dana Uayt da’vogarlar seriyasida jang qiladi. Agar Nabotov g‘alaba qozona olsa, UFC jangchisiga aylanadi. Yengil vazn toifasi vakili bo‘lgan aralash yakkakurashchi shu vaqtga qadar ASA Young Eagles, Ural FC, AMC Fight Nights kabi ligalarda janglar o‘tkazgan.