Damashq xalqaro reyslarni qabul qilish va jo‘natishni boshlaydi

Olam

image

Suriyaning Damashq aeroporti joriy yil 7 yanvardan e’tiboran xalqaro reyslarni qabul qilish va jo‘natishni boshlaydi. Bu haqda bugun, 4 yanvar kuni Suriya fuqaro aviatsiyasi va havo transporti boshqarmasi boshlig‘i Ashhad al-Salibiy ma’lum qildi. 

“Biz arab va xalqaro aviakompaniyalarni hamkorlarimiz yordamida Halab va Damashq aeroportlarini butun dunyodan parvozlarni qabul qilishlari uchun qayta qurish bosqichini boshlaganimiz haqida xabardor qilamiz”, degan u.

2024 yilning 8 dekabrda Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng tijorat parvozlari vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Qatar Airways aviakompaniyasi Damashqqa parvozlarni tikladi

AFP bergan xabarga ko‘ra, xalqaro yordam va xorijiy diplomatik delegatsiyalar kelgan samolyotlar allaqachon Suriyaga qo‘nishni boshlagan. 

Suriya havo yo‘llari 7 yanvardan Damashqdan Dubayga parvozlarni amalga oshiradi.

Qatar Airways aviakompaniyasi salkam 13 yillik tanaffusdan so‘ng Suriya poytaxtiga parvozlar qayta tiklanganini e’lon qildi. 7 yanvardan boshlab haftasiga uchta reys rejalashtirilgan.

Doha Suriyaning yangi rasmiylariga Damashq aeroportining normal ishlashini ta’minlashda yordam berishni taklif qilgan. O‘tgan yilning 18 dekabr kuni u yerdan mamlakat shimolidagi Halab shahriga birinchi ichki reys amalga oshirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing