Damashqqa raketa hujumi uyushtirildi

Olam

image

Kecha, 22 dekabr kuni tunda Suriya poytaxti Damashqqa raketa hujumi amalga oshirildi. Suriya davlat televideniyesi havo hujumidan mudofaa tizimlari poytaxtga bo‘lgan raketa hujumini bartaraf etganini e’lon qildi.

“Ikhbariya” telekanali bergan ma’lumotga ko‘ra, raketalar Isroil okkupatsiya qilgan Jo‘lon tepaligi tarafdan uchirilgan.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:15 da ikkita kuchli portlash yuz bergan. Zarbalardan biri Damashqdan 20 km janubi-sharqdagi Aqrabo qishlog‘iga berilgan.

Mazkur raketa hujumi bo‘yicha Isroil armiyasi hozircha hech bir izoh bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya raketa hujumi

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing