Damas va yuk mashinasi to‘qnashuvida 20 yoshli yigit halok bo‘ldi
Jamiyat
−
16 aprel 2020
7749Kecha, 15 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida Isuzu rusumli yuk mashinasi va Damas`ning to‘qnashishi natijasida 20 yoshli yigit halok bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
YTH soat 22:30 da 4-R 102 avtomobil yo‘lining Angor tumani “Ilg‘or” mahallasi hududidan o‘tuvchi 16 kmda yuz bergen. 22 yoshli J.T. Isuzu rusumli avtomashinasini Jarqo‘rg‘on-Angor yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelayotib, o‘ziga qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 20 yoshli J.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinaning yo‘liga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada Damas rusumli avtomashina haydovchisi J.A. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.