Damas, Cobalt va Gentra mashinalarining narxi oshgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda Damas, Cobalt va Gentra mashinalarining narxi 10 mln so‘mdan 20 mln so‘mgacha qimmatlashgani haqida xabarlar tarqaldi.

Qayd etilishicha, kompaniya ommabop avtomobillarining narxini oshirgan. Ayni paytda ushbu rusumdagi mashinalar kompaniya saytida sotuvdagi avtomobillar qatorida ko‘rsatilmagan. 

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra:    

  • Cobalt GS-Style Plus MT: 133 598 000 (avval 124 264 000) so‘m;
  • Cobalt GX-Style Plus AT:156 589 000 (avval 146 757 000) so‘m ;
  • Damas D2 DLX Style Plus: 100 325 000 (avval 96 932 000) so‘m;
  • Gentra  Style Plus MT WOUE8: 160 520 000 so‘m;
  • Gentra  L- Style AT Plus: 189 000 000 so‘mga yetgan.

Hozircha bu haqda kompaniya tomonidan hech bir rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida ham O‘zbekistonda Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellari narxlari 4,7 mln so‘mdan 9 mln so‘mgacha qimmatlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Cobalt Damas Gentra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing