Qarshida 25 bog‘cha bolasini olib ketayotgan Damas to‘xtatildi
Jamiyat
−
21 aprel 2024 9271 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida haydovchi 25 nafar bolani Damas avtomashinasida olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Qarshi shahrida harakatlanib ketayotgan Damas rusumli avtomobil yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan to‘xtatilib tekshirilganda, salonda bog‘cha yoshidagi 25 nafar bola borligi aniqlangan. Haydovchi shu alfozda ularni bog‘chadan uyiga yetkazishga qaror qilgan.
Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yilganligi aytilgan xabarda.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel