Andijon shahridagi markaziy ko‘chalardan birida Gentra yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
01 aprel 2024
6012Bugun, 1 aprel kuni soat 14:35 lar atrofida Andijon shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan supermarket avtoturargohida to‘xtab turgan Gentra avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro M.R.ga tegishli bo‘lgan Gentra rusumli avtomobilda qisqa tutashuv sababli yong‘in kelib chiqib, transport vositasining salon ichi va tom qismi to‘liq yonib ketgan.
Ushbu yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga moddiy zarar yetkazilgan. Boshqarma barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarishdan avval, uning texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida Nexia va Spark to‘qnashib, butunlay yonib ketgan edi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar