Yakshanba kuni ayrim hududlarga sel kelishi mumkin

Bu qiziq

image

Joriy yilning 24-25 aprelda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Bugun, 22 aprel kuni O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 25-28 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 23 aprel kuni O‘zbekistonning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda Volgabo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo kirib kelishi hisobiga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Yakshanba kuni nam havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Ko‘pchilik viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi. Havo harorati biroz pasayadi va kunduzi 20-25 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi.

25 aprel dushanba kuni ham O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing